2019 yil yanvar-mart oylarida respublika bo‘yicha ko‘chib kelganlar soni 41,5 ming kishini (40,7 ming kishi respublika hududlaridan, 0,8 ming kishi xorijiy mamlakatlardan), ko‘chib ketganlar soni esa 43,6 ming kishini (40,7 ming kishi respublika hududlariga, 2,9 ming kishi xorijiy mamlakatlarga) tashkil etdi. Migratsiya saldosi minus 2,1 ming kishi bo‘lib, 2018 yilning mos davrida minus 2,5 ming kishi bo‘lgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, migratsiya saldosining yuqori darajasi Qashqadaryo (minus 1,4 ming kishi), Samarqand (minus 1,3 ming kishi) va Toshkent, Buxoro (minus 0,8 ming kishi) viloyatlarida qayd etildi. Migratsiya saldosining ijobiy darajasi Toshkent shahrida (plyus 5,8 ming kishi) kuzatildi.
Yil boshidan beri doimiy yashash uchun O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy mamlakatlardan ko‘chib kelganlar soni 767 kishini tashkil etdi. Shundan, Tojikiston - 26,2 foizi, Qozog‘iston - 24,9, Rossiya - 21,4, Qirg‘iziston - 16,4 va boshqa davlatlar - 11,1 foiz.
Doimiy yashash uchun O‘zbekiston Respublikasidan xorijiy mamlakatlarga ko‘chib ketganlar soni esa 2863 kishini tashkil qildi. Shundan, Qozog‘iston - 47,9 foiz, Rossiya - 45,6 foiz, Isroil - 1,1 foiz, AQSh - 0,7 foiz va boshqa davlatlar - 4,7 foiz.
O‘zbekiston Respublikasi poytaxti Toshkent shahrining doimiy aholisi soni 2019 yil 1 aprel holatiga 2,5 mln kishini tashkil etib, 2019 yil boshidan 12,9 ming kishiga yoki 0,5%ga o‘sgan.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi