15:59 / 14.09.2020
2 659

Narkologiya markaziga yangi direktor tayinlandi

Narkologiya markaziga yangi direktor tayinlandi
Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug‘iga asosan, Mirrahimova Saidaxon Shuhratovna Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar bermoqda.

Unga markaz faoliyati va aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, narkologik kasalliklar sohasidagi profilaktika, diagnostika va davolash ishlarida innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish, yetakchi xorijiy tibbiyot muassasalari bilan hamkorlikni kengaytirish, tizimda axborotlarning faol almashinuvini ta’minlash singari vazifalar yuklatildi.

37 yoshli tibbiyot fanlari doktori S.Mirraximova Londondagi Staffordshir universitetida sog‘liqni saqlashni tashkillashtirish bo‘yicha malakasini oshirgan.

Saidaxon Mirraximova ayni paytgacha Samarqand viloyat ixtisoslashgan ko‘z kasalliklari shifoxonasi bosh shifokori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Narkologiya markaziga yangi direktor tayinlandi