09:12 / 06.10.2022
1 256

Ivan Solovyov O‘zbekistonga qanday kelgani, Namangan hokimi, Kanchelskis, qo‘y so‘yish, "Nasaf"ga o‘tishi va O‘zbekiston terma jamoasida o‘ynash haqida

Ivan Solovyov O‘zbekistonga qanday kelgani, Namangan hokimi, Kanchelskis, qo‘y so‘yish, "Nasaf"ga o‘tishi va O‘zbekiston terma jamoasida o‘ynash haqida
"Nasaf" o‘yinchisi Ivan Solovyov Rossiyaning sports.ru nashriga katta intervyu berdi.

— O‘zbekistonga qanday qilib borib qolganingni aytib ber.
— "Sochi"da o‘ynadim. Ta’til paytida hozirda "Navbahor"da o‘ynayotgan Igor Golban O‘zbekistonga ketishni taklif qildi. Qancha to‘lashlariga qiziqishni boshladim — yaxshi pul to‘lashardi. Shundan so‘ng aytdim: "Qani, harakat qilib ko‘ramiz".

Sharq — nozik masala. Klubga keldim, yig‘inlardan o‘tdim, direktor aytdi: "Sen bizga kerak emassan". Ammo, Kanchelskis men tarafda edi. Yarim yillik shartnoma taklif qilishdi, keyinchalik baribir bir yillik bitim tuzdim. Namanganda uch yil qoldim. Hozirda Qarshidaman. Xudo xohlasa, chempion bo‘lamiz.

— "Sochi" Premer-ligaga chiqmoqda, sen esa jamoadan ketyapsan. "Sochi" murabbiyi Aleksandr Tochilin senga nima dedi?
— Meni sotishni xohlayotganlari, berib yuborishlari [ijaraga] haqida mish-mishlar bo‘layotgandi. Shu sabab ham ketishga rozi bo‘ldim. Tochilin oldiga keldimda, O‘zbekiston varianti haqida va u yerda ko‘proq pul topishimni va bu yerda meni sotishni xohlayotganlarini aytdim. U bizda tugallanmagan ish borligini aytdi — yuqori divizionga chiqish.

Menda "Nijniy" varianti ham bor edi. O‘zbekistondan ko‘ra, [Dmitriy] Cherishevning oldiga borganim yaxshiroq edi. "Sochi" rahbarlaridan biri keldi: "Mening agentim shartnoma imzolasang — biz seni "Nijniy"ga tekinga qo‘yib yuboramiz. Maoshdan 15 yoki 20 foizini unga berish kerak edi. Menga shundan boshlangani yoqmadi. O‘zbekistonga borganim yaxshi degan qarorga keldim.

— Rossiya chempionatiga qayta olmasliging mumkinligini tushunganmiding?
— Ortga qaytish qiyin bo‘lishini tushungandim. Ammo, o‘zimni legionerdek his qilgim keldi. Bizda legionerlarga aqlbovar qilmas maosh beriladi, deyarli ### ini artishadi — barchasini ular uchun qilishadi. Shuni his qilish uchun yo‘l oldim. Legioner hamma joyda legioner: hamma joyda bizdagidek. Agar sen yaxshi o‘ynab keta olsang — xalq seni yaxshi ko‘radi. Shuning o‘zi ketishga arziydi.

— 3,5 yil davomida Rossiyaga qaytish varianti bo‘ldimi?
— MFLda bo‘lgan payti, "Krilya"dan variant bo‘lgandi. Ammo, men bormadim, sababi "mana shuncha maosh, qanchasinidir bizga berasan" deyishdi. Agent u yerda "banditcha" ishlar bor ekanligini va yaxshisi aloqa qilmaslikni aytdi.

Bu bilan shug‘ullanishni xohlamasligimni aytdim. Agar hech kimga pul to‘lash kerak bo‘lmasa — yaxshi. Menda 2 million maosh bo‘ladi, 1 millionni berish... bu menga nega kerak? Klubni bankrot qilish uchun — bu xunuk va xato narsa.

— Agar "Krilya"ga borsang va maoshingni yarmini bersang, sanda baribir "Navbahor"dagidan ko‘proq maosh bo‘larmidi?
— Ha.

— Seni O‘zbekistondagi ilk kunlar, haftalar yoki oylarda nima ko‘proq hayratda qoldirdi?
— Taksi haydovchilari gapirishdan to‘xtashmaydi — har bir mashina fohisha kabi signal beradi. Bu meni juda ham hayratda qoldirgan. Uch oy yurdim va har doim urushdim. Men ketaveraman — u signal chaladi. ####### [jonga tegdi], sen nega signal beryapsan? Men seni to‘xtatmayapman. Keyin ko‘nikib ketdim.

— Sen jamoaga kelding. Kanchelskisni uch oy o‘tib olib tashlashdi. Nima bo‘lgandi?
— "Buxoro"ga qarshi o‘yin oldidan hokim barchani yig‘di: "Kanchelskis — iste’fo". Biz shunday qarab o‘tiribmizki — nega iste’fo? Hammasi barbod bo‘ldi. Xuddi, oiladan otamizni olib ketishgandek bo‘ldi. U stadionda edi. O‘yin oldidan kayfiyatimiz yaxshi emasligini ko‘rsatmasligimiz uchun biz bilan muloqot qildi. Xotirjamlik bilan 3:1 hisobida g‘alaba qozondik.

Uni qaytarishganda, biz umuman "o‘lik" edik. Mavsum yakunlandi, yig‘inlarga bordik. Karantinga qadar 3-o‘rinda edik, 4 oy maosh to‘lashmadi. "Nonushtalar" bilan ovqatlantirishdi. U esa doim yigitlar tarafida edi. Rahbarlardan qo‘rqmasdi. Doim yuzga haqiqatni aytardi. Rahbariyatga esa bu yoqmadi, tagini "qazishga" tushishdi. Oxiri qazib ham bo‘lishdi.

— O‘zbekistondagi boshqaruv uslubi qanday?
— Hokim huddi prezident kabi: nimani xohlasa, senga gapiradi va nimani xohlasa, sen bilan qiladi. Bizda Miller Arshavinga "seni zaxiraga o‘tkazish kerak" deya olmaydiku. Bu yerda umuman boshqacha munosabatda bo‘lishadi.

— "Navbahor" rahbariyatidan eng qattiq tanqid qanday bo‘lgandi?
— Boshqa hokim bo‘lganida, har bir o‘yindan so‘ng tanqid bo‘lar edi. Agar yutqazsang — tamom. Durang o‘ynasang ham, birinchi taymdan so‘ng kirib "qani, yuguring" deyishlari mumkin edi.

Eng qattig‘i — "Andijon"ga 0:1 hisobida yutqazganimizda bo‘lgan. Hokim kirdi: barchangizni ########. Kanchelskisga aytdi: "Sen umuman "fizruk"san, bor institutda bolalarni shug‘ullantir". Shundan so‘ng hokim Farg‘onaga ketdi.

— U mast edimi?
— Yo‘q. Shunchaki futbolni juda ham yaxshi ko‘radi. Unda o‘sha payt shunday hissiyotlar bo‘lgandi. Futboldan tashqari umuman bunday qilmagan. Shunchaki g‘azabdan. Bundan tashqari, bu derbi edi.

— "Navbahor"da maoshing "Zenit"dagiga yaqin bo‘lganini aytding. U yerda shunchalik yaxshi to‘lashadimi?
— Agar yaxshi o‘ynasang va o‘zingni ko‘rsatsang, yaxshi to‘lashlari mumkin. Agar yaxshi ko‘rishsa, shunday raqamlarga yetish mumkin.

"Navbahor"da chempionlik uchun uy yok mashina va’da berishgandi. O‘sha yillarda bu 20-25 ming dollar edi. Hozir bilmayman: budjet biroz ko‘proq, maoshlar boshqacha. 40 ming dollar turadigan uy yoki mashina taklif etishmoqda deb o‘ylayman.

— Safar o‘yinlariga qanday borasizlar?
— Safar o‘yinlarining hech biri uzoq emas. Namangandan Toshkentgacha 4 soat yo‘l, undan keyin boshqa transport. Qarshidan Afrosiyob'ga o‘tirasiz — 3,5 soatda Toshkentdasiz.

— Nega avtobusda emas, taksida?
— Tog‘li yo‘l, avtobuslarni qo‘yishmaydi. Ularning ag‘darilib ketgan paytlari bo‘lgan. "Buxoro" qulashiga sal qolgan. Tormoz ishlamay qolgan, haydovchi avtobusni jarga qulashining oldini olgan va butun jamoani saqlab qolgan.

— Hakamlik sifatlimi?
— Hakamlik hamma yerda og‘riqli mavzu: O‘zbekistonda ham, Rossiyada ham. Hakamlar bu yeda yaxshi. Hozir oldingidan yaxshiroq. VAR bo‘lmaganda, o‘zgacha ishlar qilishardi.

— Sizning ishtirokingizdagi o‘yindagi eng dahshatli "qotillik"ni eslang.
— "Paxtakor" bilan Namanganda o‘ynagandik. 95-daqiqada hisob 1:1 bo‘lib turganda, bahsli holat ro‘y berdi. Hakam VARni ko‘rishga ketdi. Unga aytdim: "Qo‘yma [penalti]. Qo‘ysang stadion o‘zgaradi" — "A, hammasi joyida". Shundan keyin penalti qo‘ydi. Gol urishdi va final hushtagi. Tribunadan maydonga shishalar, olov yondirgichlar, telefonlar, quvvatlagichlar, nosvoylar uloqtirildi. Shundan so‘ng uch soat keta olmadi. Odamlar stadion bo‘ylab turib olishdi va hech kimni o‘tkazishmadi.

— Ilgari tez-tez O‘zbekistonda maydonda qo‘y so‘yilgani haqida hikoyalar bo‘lardi. Sen buni payqadingmi?
— Albatta, Namanganda deyarli har bir o‘yinda qo‘y so‘yishardi. Nega buni legionerlar ko‘rishi kerak? Bizda boshqacha etiqodku. Bu ularning odatlari ekanligini tushunaman. Lekin, nega buni har bir o‘yindan so‘ng qilish kerak. "Hayvonga ozor bermang, bunday qilish mumkin emas" deb aytgandim.

Agar mavsum boshida va oxirida bo‘lsa, bu yaxshi, ammo har bir o‘yindan so‘ng qilinsa... Bu nima berishini hech qachon tushunmaganman. Har bir mavsum oldidan qo‘y so‘yish ularning odati deb aytishardi.

— Bu qanday sodir bo‘ladi? Butun jamoa yig‘iladi, bitta inson keladi va yurakka pichoq bilan uradimi?
— Butun jamoa, xodimlar keladi. Qo‘y bog‘langan, darvoza atrofidagi maydon chiizig‘ida teshik qaziladi. Qo‘chqorning boshi qo‘yilib, kesiladi va qon tushadi. Keyin maxsus odam kelib ibodat qiladi. Shundan so‘ng qo‘yni kesishadi, palov tayyorlashadi, keyinchalik uni kambag‘allar va bolalar uyiga tarqatishadi.

— Nega qishda "Navbahor"dan "Nasaf"ga o‘tding?
— Har yili "barchasi top bo‘ladi" deyishadi, uch yildan beri bitta gap. Nimadir o‘zgarishiga ishonmay qoldim. "Nasaf" varianti paydo bo‘lgandi, birdan "ha" dedim, sababi bu [O‘zbekistondagi] to‘pni nazorat qiladigan va kombinatsion futbol o‘ynashga urinadigan yagona jamoa.

— "Nasaf" mamlakat Kubogini yutdi va Chempionlar Ligasiga chiqdi. Aprelda Saudiya Arabistonida guruh bosqichi bo‘lib o‘tdi. Nega Osiyo "uy-safar" tizimiga qaytmadi?
— Barchasi koronavirus tufayli.

— Mehmonxona — maydon — o‘yin — mehmonxona?
— Shunday yashadik. Bayram [Ramazon] sabab do‘konlar kunduzi yopiq edi, faqat kechqurun ishlardi. Magazinga chiqardik va undan qaytib mehmonxonaga. Shunday qilib 26 kun.

— Qanday qilib bunday sharoitlarda aqldan ozmaslik mumkin?
— Telefon, xotinim, kompyuter — xohlagan narsang. Butun kun krovatda yotish qiyin. Mehmonxona unchalik ham yaxshi emasdi. Mashg‘ulot zalida ikkita trenajor bor edi. Basseyn yo‘q. Qilishga ish yo‘q. Yashab qoldik.

— Yevropa Chempionlar ligasi va OCHL farqi?
— Yevropada barchasi tezroq. Osiyoda o‘ynashga berishadi: bemalol to‘pni qabul qilib olasan, boshni ko‘tarasan va pas berasan. Yevropada bunday qila olmaysan: boshingni ko‘targuningcha, to‘pni allaqachon sizdan olib ketishgan bo‘ladi.

— Raqiblardan biri noyabrga qadar Xavi boshqargan "Al Sadd" edi. Undan nima qoldi?
— Ular o‘tgan mavsum chempion bo‘lishdi, ammo o‘zgacha nimadir ko‘rmadim. Ilk o‘yinda 1:1 o‘ynadik. Ularda ikkita chetlatish bo‘lgandi, biz esa ko‘p vaziyatlardan gol ura olmadik. So‘ngra, ularni 3:1 hisobida xotirjamlik bilan taslim etdik.

— Ularning tarkibida Santi Kasorla va Andre Ayyu kabi yulduz futbolchilar bor edi. Ular hali ham oldingidekmi yoki shunchaki pul ishlashmoqdamiz?
— Ular oldingidek emas, ammo yugurishadi, aldashadi. Ayyu — katta: u aldagandi va urgandi. Santi esa to‘lishgan. "Zolotaya Bochka" degan pivo borku — huddi shunday. "Vilyarreal" va "Arsenal"da bunday emasdi. U yerda esa — umuman.

— Men bir necha marta taksi haydovchilar nos otganini ko‘rganman. Bu narsa u yerda odatiymi?
— Bizda taksi haydovchilari chekishsa, bu yerda nos otishadi. Buni ta’qiqlashmoqchi ekanligini eshitdik. Unda nos otadiganlar nima qilarkin, bilmayman.

— Futbolchilar ham otishadimi?
— Albatta, otishadi. Kimdir "snyus" (tutunsiz tamaki mahsuloti), kimdir nosvoy. Bu O‘zbekistonning ajralib turadigan jihatiku. Bu yerda barcha mahalliy insonlar otishadi.

— O‘zing ham ta’tib ko‘rdingmi?
— Rossiyada bo‘lgan paytim, ta’tib ko‘rgandim. Shundan so‘ng "snyus" chiqdi. Hozir endi nosvoy.

— O‘yinga halaqit bermaydimi?
— Shunchaki otasan va keyin tuflab yuborasan — tamom.

— Sen 3,5 yildan beri O‘zbekistondasan. Qancha muddatdan so‘ng pasport olish mumkin?
— 1,5 yildan keyin. 5 yil o‘tishi kerak.

— Agar O‘zbekiston termasiga taklif qilishsa, buni qabul qilasanmi?
— Deyarli 4 yildan beri shu yerdaman. Huddi ikkinchi uyimdek, bu yerda juda ham ko‘p do‘stlarim bor. Shu sabab jon deb qabul qilaman va terma jamoa uchun o‘ynayman.

— O‘zingni ko‘proq O‘zbekistonga yaqin his qilasanmi yoki Rossiyagami?
— Rossiya — uyim. Onam, otam — hammasi u yerda. Rossiya doim birinchi bo‘ladi. Bu yerda shunchaki ish, futbol. Fuqarolikni qabul qilish va mamlakat uchun terma jamoa darajasida o‘ynash — agar Rossiya terma jamoasiga kira olmasam, nega endi yo‘q? Agar shunday imkoniyat bo‘lsa...

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ivan Solovyov O‘zbekistonga qanday kelgani, Namangan hokimi, Kanchelskis, qo‘y so‘yish, "Nasaf"ga o‘tishi va O‘zbekiston terma jamoasida o‘ynash haqida