Pavel Durov Ilon Mask va X platformasini qo‘llab-quvvatladi

1 daqiqa o'qish233
Pavel Durov Ilon Mask va X platformasini qo‘llab-quvvatladi

Telegram asoschisi Pavel Durov Fransiya hukumatini ikkiyoqlama siyosat yuritishda aybladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, rasmiy Parij o‘zi yo‘l qo‘yayotgan xatolarni yashirish maqsadida X ijtimoiy tarmog‘i va Ilon Maskka nisbatan bosim o‘tkazmoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Durov Fransiya hukumatini vahimaga tushganlikda ayblab, 2027-yildagi siyosiy o‘zgarishlar ularning noqonuniy harakatlarini fosh etishidan xavotirda ekanligini ta’kidladi. Uning fikricha, hukumat so‘z erkinligini ta’minlovchi platformalarni har qanday bahona bilan cheklashga urinmoqda.

«Erkin dunyo Ilon Mask va X platformasi tomonida turishi kerak. Telegram o‘z erkinliklari uchun kurashayotgan X jamoasini qo‘llab-quvvatlaydi», — deya bayonot berdi Pavel Durov.

Fransiya prokuraturasi esa Ilon Maskni ijtimoiy tarmoq faoliyati bo‘yicha olib borilayotgan keng ko‘lamli tergov doirasida jinoyat ishlari bo‘yicha ko‘rsatma berish uchun chaqirgan. Bu holat AQSH va Yevropa o‘rtasida texnologik platformalarni nazorat qilish borasidagi qarashlar farqini yanada yaqqol namoyon etmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?