date

“Sohiba” obrazi bilan tanilgan Fotima Nazarova Instagram'dan qancha pul topadi?

“Sohiba” obrazi bilan tanilgan Fotima Nazarova Instagram'dan qancha pul topadi?

“Sohiba” obrazi bilan keng ommaga tanilgan Fotima Nazarova bugungi kunda Instagram orqali faol ijod qilib, daromad topayotganini ochiq ma’lum qildi.

Aktrisaning aytishicha, u hozirda o‘z jamoasi bilan birga turli ko‘ngilochar videolar tayyorlab, muxlislariga taqdim etmoqda. Uning jamoasida Komila Lolo hamda Shaxzoda Zarifjanova kabi ijodkorlar ham ishtirok etmoqda.

Fotima Nazarova ma’lum qilishicha, jamoa bilan tayyorlangan reklama postlari ancha yuqori baholanadi. Xususan, agar reklama videosi yoki post jamoa ishtirokida bo‘lsa, uning narxi 3 000 dollargacha yetadi. Story formatdagi reklama esa 1 500 dollar atrofida joylanadi.

Shu bilan birga, aktrisa yakka tartibda ham reklama joylashtirishini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar u o‘zi alohida post qilsa, bu xizmat 1 000 dollar, story esa 500 dollardan joylanadi.

Shu tariqa, Fotima Nazarova ijtimoiy tarmoqlar orqali ham barqaror daromad manbaiga ega bo‘lib, o‘z auditoriyasiga qiziqarli kontent taqdim etishda davom etmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » “Sohiba” obrazi bilan tanilgan Fotima Nazarova Instagram'dan qancha pul topadi?