date

O‘zbekiston yoshlari Osiyo o‘yinlarida 81 medal oldi

O‘zbekiston yoshlari Osiyo o‘yinlarida 81 medal oldi
Bahraynda bo‘lib o‘tgan uchinchi Osiyo yoshlar o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi 81 ta medal qo‘lga kiritdi. Shundan 37 tasi oltin, 16 tasi kumush va 28 tasi bronza bo‘ldi.

Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi ma’lum qildi. Umumiy hisobda 77 nafar sportchi, jumladan, 42 nafar o‘g‘il bolalar va 35 nafar qiz bolalar medallarga ega chiqdilar.

Ikki karra oltin medal sohiblari orasida og‘ir atletikachilar Marjona Abdumutalova, Dilnura Xoldorova va Munisbek Davletov bor. O‘zbekiston yengil atletika vakilasi Shodiyona Rahmonova esa mamlakatga ikkita bronza medal olib keldi.

Eng yosh sovrindorlar sifatida 2010 yilda tug‘ilgan dzyudochilar Alina Kolyucheva va Dilafruz Boltaboyeva podiumga ko‘tarildilar.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston yoshlari Osiyo o‘yinlarida 81 medal oldi