Real Ovyedo va Real Betis 19-turda durang qayd etdi

10 yanvar kuni La Liganing 19-turidan o‘rin olgan uchrashuvda «Real Ovedo» hamda «Real Betis» g‘olibni aniqlay olmadi. Nuevo Carlos Tartiere stadionida kechgan bahs 1:1 hisobida yakunlandi.
Birinchi bo‘limda tashabbus ko‘proq mehmonlar tomonida bo‘ldi: «Real Betis» to‘p nazoratida ustunlik qildi, biroq hujumlarni zarbaga qadar yetkazish kam kuzatildi.
Tanaffusdan keyin «Real Ovedo» faollikni oshirdi va 64-daqiqada Ilyas Chayra jarima maydoni tashqarisidan aniq zarba yo‘llab, hisobni ochdi.
O‘tkazib yuborilgan goldan so‘ng «Real Betis» bosimni kuchaytirdi, qanotlar orqali tez-tez hujum qildi va bir necha bor standart vaziyatlar ishlab oldi. 83-daqiqada Jovanni Lo Chelso bosh bilan yo‘llagan zarbasi bilan muvozanatni tikladi, VAR tekshiruvidan keyin gol inobatga olindi.
Qo‘shimcha daqiqalarda har ikki jamoa ehtiyotkor harakat qildi. «Real Ovedo» zich himoya evaziga durangni saqlab qoldi, «Real Betis» esa yakuniy bosim bilan raqibni sindira olmadi.
Ovedo – Betis 1:1
Gollar: Shair 64 – Lo Chelso 83
Ovedo – Eskandell, Ahijado, Kostas, Karmo, Alhassan, Sibo (Fonseka, 57), Kolombatto, Hassan, Reyna, Shair (Lopes, 85), Fores (Borbas, 76)
Betis – Valles, Ortiz (Bellerin, 61), Bartra, Gomes, Firpo, Fornals, Roka, Antoni, Lo Chelso, Ruibal (Rikelme, 74), Gucho Ernandes (Avila, 80)
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!