Nyukasl Sterlinni maoshi balandligi sabab rad etdi

Nyukasl Sterlinni maoshi balandligi sabab rad etdi

«Chelsi» vingeri Rahim Sterlingning «Nyukasl»ga ko‘chishi ehtimoli juda past. Qishki transfer oynasida 31 yoshli futbolchiga da’vogarlar qatorida «sorokilar» ham tilga olingandi, biroq kelishuv amalga oshmaydiganga o‘xshaydi. Football Insider xabariga ko‘ra, «Nyukasl» sobiq Angliya terma jamoasi futbolchisini uning juda katta maoshi tufayli ro‘yxatdan chiqargan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Joriy mavsumda Sterling «Chelsi» safida biror uchrashuvda maydonga tushmadi — u jamoa tarkibidan chetlatilgan. Avvalroq futbolchiga «Vest Hem», «Fulhem» va «Kristal Pelas» ham qiziqish bildirayotgani aytilgandi. Transfermarkt portali Sterlingning bozor qiymatini 5 mln yevroga baholamoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar