Kompani Karlning Real haqidagi gaplariga munosabat bildirdi

"Bavariya" bosh murabbiyi Vensan Kompani 17 yoshli Lennart Karlning Madridning "Real"i haqida aytgan so‘zlariga izoh berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Yosh hujumkor yarim himoyachi kelajakda "qirollik klubi"da o‘ynashni orzu qilishini ochiq aytgandi. Karlning bu bayonoti Germaniya futbolida kunning eng ko‘p muhokama qilingan mavzularidan biriga aylandi.
Kompani vaziyatga kengroq qarashini ta’kidladi: uning so‘zlariga ko‘ra, Karl mashg‘ulotlarda sidqidildan ishlayapti va jamoa manfaatini birinchi o‘ringa qo‘ymoqda. Murabbiy buni yosh futbolchining ehtimoliy kommunikatsion xatosi deb baholadi, biroq yoshi inobatga olinsa, uning fikrlashi to‘g‘ri yo‘nalishda ekanini qayd etdi.
Mutaxassisning aytishicha, Karl o‘sha gaplardan ko‘p o‘tmay Eberl va Froynddan darhol uzr so‘ragan. Kompani esa bu mavzuni u bilan alohida muhokama qilmaslikni ma’qul ko‘rgan: jamoada hamma gapirgan, hatto jamoadoshlari yengil hazil qilgan, biroq murabbiy buni ortiqcha muhokamasiz yopmoqchi bo‘lgan.
Kompani Karl uchun asosiy mezon bitta ekanini ham qo‘shimcha qildi: agar u yomon mashq qilsa yoki 100 foiz kuch bilan ishlamasa, muammolar bo‘ladi. Ammo hozircha barchasi aksincha — u a’lo darajada shug‘ullanmoqda va maydonda ham juda yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqda. "U uzr so‘radi, meni hammasi qoniqtiradi", — dedi Kompani.
Shanba kuni "Bavariya" Bundesliga 16-turi doirasida "Volfsburg"ga qarshi maydonga tushadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!