date

Faridamning yangi videosi ijtimoiy tarmoqlarda iliq kutib olindi

Faridamning yangi videosi ijtimoiy tarmoqlarda iliq kutib olindi

Xonanda va aktrisa Faridam Instagram sahifasida yangi video post joyladi. Unda san’atkor muxlislariga sevib tinglanadigan Ozarbayjon xalq qo‘shig‘i — “Daşli gala”ning yangi, chiroyli video talqinini taqdim etayotganini ma’lum qildi.

Post ostida Faridam shunday deb yozdi:

“Aziz kuzatuvchilarim, sevib tinglaydigan Ozarbayjon xalq qo‘shig‘i ‘Dasli gala’ endi yangi va chiroyli video bilan sizlar uchun. Ushbu qo‘shiqni yana bir bor his qiling, yana bir bor sevib tomosha qiling. Tez kunda uni YouTube kanalimizda ham sizlar uchun taqdim etaman. Yangi yil kayfiyati bilan — sizlar uchun, Faridam.”

Mazkur video qisqa fursat ichida ko‘plab layklar, shuningdek, iliq va chiroyli izohlarni jamlab, muxlislar tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olindi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Faridamning yangi videosi ijtimoiy tarmoqlarda iliq kutib olindi