Aionso Barselonaga qarshi asosiy tarkibni tanladi

Yakshanba kuni Madridning «Real» jamoasi «Barselona» bilan Ispaniya Superkubogi finalida to'qnash keladi. «El klasiko» oldidan eng katta savollardan biri — yaqinda jarohatdan qaytgan Kiliam Mbappe ilk daqiqalardan maydonga tushadimi-yo'qmi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Marca xabariga ko'ra, fransuz hujumchisi uchrashuvni zaxirada boshlaydi. Bosh murabbiy Habi Alonso esa start tarkibida Gonsalo Garsiyaga ishonch bildirishga qaror qilgan.
Eslatib o'tamiz, Mbappe Madridning «Atletiko»siga qarshi yarim final bahsini o'tkazib yuborgandi — o'sha o'yinda «qirollik klubi» 2:1 hisobida g'alaba qozongan. Yulduz forvard Saudiya Arabistoniga derbidan keyin yetib kelgan, shunda uning «Barselona»ga qarshi o'yinga tayyor bo'lishi aniq bo'lgandi.
Final 00:00 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!