Shahlo Alijonova va Shoxruh Ruzibayev Parijda baxtli lahzalarini bo‘lishdi (video)

Aktrisa Shahlo Alijonova va aktyor Shoxruh Ruzibayev 2025 yilning 7 iyul kuni to‘y tantanalarini nishonlashgandi. Kecha, 7 yanvar kuni esa ularning ushbu baxtli kuniga roppa-rosa 7 oy to‘ldi.
Mazkur quvonchli sanani Shahlo Alijonovaning turmush o‘rtog‘i Shoxruh Ruzibayev o‘zining Instagram sahifasida e’lon qildi. U joylagan post ostiga: “Bugun o‘sha baxtli kunimizga 7 oy bo‘ldi”, — deya yozib qoldirdi.
Shuningdek, er-xotin ayni paytda Parij shahrida ekanliklarini joylashtirgan video postlari orqali oshkor qilishdi. Videolarda ularning birga o‘tkazayotgan yoqimli, samimiy va quvonchga to‘la onlari aks etgan.
Shahlo Alijonova ham o‘zining Instagram sahifasida ushbu baxtli lahzalardan lavhalar joylab, obunachilari bilan bo‘lishdi. Muxlislar esa juftlikni tabriklab, ularga baxt, totuvlik va uzoq umr tilab, ko‘plab iliq izohlar qoldirishmoqda.