Aktrisa Aysanem ilk qo‘shig‘i bilan muxlislar e’tiborini tortdi (audio)

Aktrisa Aysanem ilk bor ijro etgan qo‘shig‘ini muxlislar e’tiboriga havola qildi. Uning debyut taronasi 3 yanvar kuni YouTube platformasida soat 22:00 da premyera qilindi. “Sevgilim” deb nomlangan ushbu yangi qo‘shiq qisqa vaqt ichida tinglovchilar tomonidan iliq kutib olindi.
Qo‘shiq premyera qilinganiga hali ikki kun ham to‘lmasdan, uni qariyb 2 ming nafar foydalanuvchi tinglab ulgurgan. Shuningdek, izohlar bo‘limida 100 ga yaqin samimiy va iliq fikrlar qoldirilgan bo‘lib, bu Aysanemning musiqiy yo‘nalishdagi ilk qadamiga bo‘lgan qiziqish yuqori ekanidan dalolat beradi.
Hozircha ushbu tarona uchun klip ishlanmagan, biroq muxlislar kelajakda qo‘shiq uchun videoklip ham suratga olinishi mumkinligiga umid bildirmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing