date

Ronalduning futbolni qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

Ronalduning futbolni qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

«Al-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu faoliyatini yakunlash bo‘yicha rejasini belgilab qo‘ygani aytilmoqda. Jurnalist Ben Jeykobs bergan ma’lumotga ko‘ra, portugaliyalik futbolchi amaldagi shartnomasi tugagach, 2027 yil yozida Saudiya klubini tark etishni rejalashtirmoqda. Manbaga ishonilsa, aynan shu paytda u futbol bilan ham xayrlashishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

O‘sha vaqtda «Oltin to‘p»ning besh karra sohibi 42 yoshda bo‘ladi. Ronaldu «Al-Nasr» safida 2023 yil boshidan beri to‘p surmoqda va hozirda 40 yoshli hujumchi Saudiya Arabistoni chempionatida 16 uchrashuvda 16 gol urib, to‘purarlar poygasida yetakchilik qilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronalduning futbolni qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi