PSJ darvozaboni Safonovning jarohati bo‘yicha ijobiy xabar keldi

PSJ darvozaboni Matvey Safonov Qit’alararo kubok finalidan so‘ng jarohat olib, jamoa tibbiy bo‘limi nazoratiga tushgandi. O‘sha uchrashuvda u penaltilar seriyasida to‘rtta zarbani qaytargan, biroq qo‘lini shikastlab olgan edi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Endi esa vaziyat ijobiy tomonga o‘zgardi: Safonovning qo‘li bo‘yicha so‘nggi tekshiruvlar yaxshi natija berdi. Sport24 xabariga ko‘ra, rossiyalik posbon yaqin kunlarda PSJning umumiy mashg‘ulotlar guruhiga qaytadi.
Eslatib o‘tamiz, seshanba kuni PSJ Chempionlar ligasida «Sporting»ga 1:2 hisobida yutqazdi. Ushbu o‘yindan keyin Fransiyada parijliklarning asosiy darvozaboni Lyuka Shevalye keskin tanqid ostida qoldi.
PSJ navbatdagi uchrashuvini 23 yanvar, juma kuni safarda «Oser»ga qarshi o‘tkazadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!