Trent Realda qolishdan ko‘ngli to‘lmayapti va Bavariyani ko‘zlamoqda

Himoyachi Trent Aleksander-Arnold o‘tgan yozda «Liverpul»ni tark etib, «Real» safiga qo‘shilgandi. Ammo uning Ispaniyadagi faoliyati kutilganidek ketmayapti: ingliz futbolchisini jarohatlar tinimsiz bezovta qilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Defensa Central xabariga ko‘ra, Trent «Real»dagi hozirgi holatidan norozi va yozgi transfer oynasi arafasida klubini almashtirish yo‘lida qadamlar tashlamoqda. Manbaga ishonilsa, Aleksander-Arnoldning o‘zi «Bavariya»ga o‘tishni istayapti.
Qayd etilishicha, bunday transfer uchun «Real»ning roziligi muhim, chunki futbolchining shartnomasi 2031 yil o‘rtalarigacha amal qiladi, tovon puli esa 1 milliard yevro etib belgilangan. Madrid klubi esa Trent yana yuqori darajaga qaytib, jamoa uchun muhim futbolchiga aylanishiga ishonmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!