Shahzod Sultonov ZAKSdan video ulashdi: muxlislar hayratda qoldi (video)

Aktyor Shahzod Sultonov Instagram sahifasi orqali quvonchli yangilikni muxlislari bilan bo‘lishdi. U yaqinda tanishgan va turmush qurmoqchi bo‘lgan qizi bilan qonuniy nikohdan o‘tish uchun ZAKSga borgani aks etgan videoni joyladi.
Post ostida aktyor shunday yozgan:
“ZAKSga ham yetib keldik! Duo qilib turganingiz uchun rahmat”.
Ma’lum qilinishicha, ular nikoh arizasini topshirish uchun Mirzo Ulug‘bek tumanidagi FHDY bo‘limiga murojaat qilishgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu xabar keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ko‘plab kuzatuvchilar ularga baxt tilab, “To‘y qachon bo‘ladi?” degan savollarni yo‘llashdi. Ayrimlar esa bu holatni “prank bo‘lsa kerak” deya gumon qilishdi.
Keyingi video postda o'sha qiz Shahzod Sultonovga “Mengacha hayotingizda kimnidir yaxshi ko'rganmisiz?” degan savol berdi. Aktyor esa shunday javob qaytardi:
“Yo‘q, bu birinchisi va oxirgisi. Men hech kim bilan gaplashmaganman, hech kimni sevmaganman. Yuragim bir kun hayotimga sizga o‘xshagan qiz kirib kelishini sezgan”.
Ushbu javob ham muxlislar orasida turli fikrlarga sabab bo‘ldi. Ko‘pchilik bu ham hazil bo‘lishi mumkinligini aytib, “prank bo‘lmasin” deya izoh qoldirdi. Aktyor esa bu izohlarga hozircha javob qaytarmagan.