Kilmesez stadioni yangilanishi uchun muxlislarni yordamga chaqirdi

Argentinaning 1887 yilda tashkil topgan eng qadimiy klublaridan biri bo‘lgan «Kilmesez» hozir og‘ir davrni boshdan kechirmoqda. Tarixi boy jamoa ko‘p sonli muxlislarga ega bo‘lsa-da, ayni paytda klubga qo‘shimcha ko‘mak zarur. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Klub rahbariyati stadionni qayta qurish rejalari fonida muxlislarga murojaat qildi. Biroq bu safar odatdagidek xayriya puli so‘rash emas: ishqibozlarga stadionga kelib, turli ta’mirlash va qayta jihozlash vazifalarida bevosita jismonan yordam berish taklif etildi.
Janubiy yarimsharda yozning jazirama issig‘iga qaramay, «Kilmesez» muxlislari chaqiriqni iliq qabul qildi va stadionni yangilash ishlariga faol qo‘shildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing