date

Braziliyada bokschilarimiz porladi: ikki oltin va bronza qoʻlga kiritildi

Braziliyada bokschilarimiz porladi: ikki oltin va bronza qoʻlga kiritildi

20–26 aprel kunlari Braziliyaning Foz de Iguasu shahrida World Boxing kubogining birinchi bosqichi boʻlib oʻtdi. Nufuzli musobaqada 49 davlatdan 400 nafar sportchi gʻoliblik uchun ringga koʻtarildi.

Oʻzbekiston terma jamoasi ushbu bosqichda 4 nafar bokschi bilan ishtirok etdi va qisqa tarkibga qaramay, munosib natija qayd etdi. Vakolatli jamoamiz 2 ta oltin va 1 ta bronza medali bilan musobaqani yakunlab, oʻz salohiyatini yana bir bor namoyon qildi.

Oltin medal sohibalari sifatida -48 kg vaznda Farzona Fozilova va -65 kg toifada Navbahor Hamidova raqiblarini ortda qoldirib, chempionlikni qoʻlga kiritishdi. Ular hal qiluvchi janglarda ishonchli harakat qilib, yuqori darajadagi mahorat namoyish etdi.

Bronza medali esa +90 kg vazn toifasida Jahongir Zokirov hisobiga yozildi. U ham musobaqa davomida kuchli raqobat sharoitida munosib ishtirok etdi.

Jamoaning muvaffaqiyatida murabbiy Elshod Rasulovning hissasi katta boʻldi. Shuningdek, musobaqada hakam sifatida qatnashgan Maruf Urdushev ham mamlakatimiz sharafini munosib himoya qildi.

Qisqacha aytganda, “kam tarkib — lekin maksimum natija”. Bu natija kelajakda yana katta gʻalabalarga zamin yaratishi aniq.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Braziliyada bokschilarimiz porladi: ikki oltin va bronza qoʻlga kiritildi