Abduqodir Husanov ota-onasiga qimmatbaho villa sovgʻa qildi

Abduqodir Husanov ota-onasiga qimmatbaho villa sovgʻa qildi
Qisqacha

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va "Manchester Siti" himoyachisi Abduqodir Husanov ota-onasi uchun 330 ming AQSH dollari qiymatidagi qimmatbaho villa sovg‘a qildi. Futbolchi yurtimizga tashrifi davomida "Imarat Hills" loyihasidan zamonaviy ko‘chmas mulkni shaxsan tanlab, xaridni amalga oshirgan. So‘nggi vaqtlarda Yevropada yuksak natijalar ko‘rsatayotgan Husanov o‘zining muvaffaqiyatli faoliyati bilan o‘zbek futbolining eng yorqin yulduzlaridan biriga aylandi. Ushbu saxovatli qadam sportchining oilasiga bo‘lgan yuksak ehtiromi namunasi sifatida e’tirof etilmoqda.

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi va “Manchester Siti” klubi himoyachisi Abduqodir Husanov aprel oyida yurtimizga tashrif buyurdi.

U jahon chempionati saralash bosqichi doirasidagi uchrashuvlarda ishtirok etish maqsadida Oʻzbekistonga kelgani maʼlum qilingan.

Tashrif davomida futbolchi ota-onasi uchun qimmatbaho koʻchmas mulk xarid qilgani maʼlum boʻldi.

Xususan, u Imarat Development tomonidan amalga oshirilayotgan Imarat Hills loyihasidan 330 ming AQSH dollari qiymatidagi zamonaviy villani tanlagan.

Kompaniya asoschisi Marot Xayrullayevich bu haqda ijtimoiy tarmoq orqali maʼlum qilgan.

Aytilishicha, Husanov shaxsan sotuv ofisiga tashrif buyurib, loyiha bilan yaqindan tanishgan va tanlovni aynan ushbu majmua foydasiga qilgan.

Abduqodir Husanov soʻnggi yillarda Oʻzbekiston futbolining eng yorqin namoyandalaridan biriga aylandi.

U Yevropadagi faoliyati davomida katta oʻsishni namoyon etib, hozirda Angliyaning yetakchi klublaridan biri safida toʻp surmoqda.

Maʼlumotlarga koʻra, u 2026 yil AQShda oʻtkaziladigan jahon chempionatida milliy jamoa tarkibida ishtirok etishi kutilmoqda.

Shuningdek, futbolchi yaqinda “Manchester Siti”da fevral–mart oylarining eng yaxshi oʻyinchisi sifatida eʼtirof etilgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar