date

Toshkentda yana oltinlar, chavandozlarimiz yuqori natija qayd etishdi

Toshkentda yana oltinlar, chavandozlarimiz yuqori natija qayd etishdi

Toshkent shahrida davom etayotgan konkur boʻyicha xalqaro musobaqalarda Oʻzbekiston terma jamoasi yana bir bor oʻz salohiyatini namoyon qildi. Bu gal ham chavandozlarimiz ikkita oltin medalni qoʻlga kiritib, muxlislarni quvontirishdi.

Jahon kubogining saralash bosqichida Xurshidbek Alimjonov oʻzining “Champions Leaguye” laqabli oti bilan 145 santimetrlik toʻsiqlardan muvaffaqiyatli oʻtib, eng yaxshi natijani qayd etdi va chempionlikni qoʻlga kiritdi. Uning chiqishi aniqlik va mukammal nazorat bilan ajralib turdi.

Shu bilan birga, Anna Sigidina ham ajoyib ishtirok namoyon qildi. U “Elis G” laqabli otida Osiyo kubogi bosqichida 115 santimetrlik toʻsiqlar dasturida raqiblarini ortda qoldirib, oltin medalga sazovor boʻldi.

Musobaqadagi ushbu natijalar mamlakatimizda ot sporti, xususan konkur yoʻnalishi izchil rivojlanayotganini koʻrsatmoqda. Har bir chiqish — bu nafaqat mahorat, balki ot va chavandoz oʻrtasidagi ishonchli hamkorlik namunasi.

Qisqacha aytganda, “temir nervlar + ideal balans = oltin”. Toshkentdagi musobaqalar esa hali yana koʻp syurprizlar va gʻalabalarni vaʼda qilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Toshkentda yana oltinlar, chavandozlarimiz yuqori natija qayd etishdi