Dilfuza Ismoilova kelinlari haqida samimiy gapirdi: "Kelinlarim tilla"

Dilfuza Ismoilova kelinlari haqida samimiy gapirdi: "Kelinlarim tilla"
Qisqacha

Dilfuza Ismoilova "Navо mehmonda" loyihasida kelinlari haqida iliq fikrlar bildirdi. U kelinlarini o'z qizlari kabi ko'rib, "kelinlarim til-la" deb ta'kidladi. San'atkor, kelinlari o'z ishlarini o'zlari qilishni xohlaganini va ularning oila uchun qanchalik muhimligini aytib o'tdi. Suhbat ijtimoiy tarmoqlarda katta qiziqish bilan kutib olindi.

Xonanda Dilfuza Ismoilova "Navo mehmonda" loyihasida mehmon boʻlib, suhbat davomida kelinlari haqida iliq va samimiy fikrlarini bildirdi.

Sanʼatkorning aytishicha, u kelinlarini oddiy “kelin” emas, balki oʻz qizlaridek koʻradi:

“Kelinlarim tilla. Dilnozaxon, Raʼnoxon — ularni kelin demayman, qizlarim deyman. Sardor oʻgʻlim juda ogʻir-bosiq. Doim 'shu oʻgʻlimga kulib turadigan kelin nasib qilsin', deb duo qilardim.”

U hazil aralash oʻsha davrlarni ham eslab oʻtdi:

“Kattalar 'hali kelin izlab poshnalaring yirtiladi' derdi. Men esa 'poshnam yirtilguncha qiz qidiramanmi?' deb kulardim. Xudoga shukr, kelinlarim yaxshi, oʻqimishli oiladan.”

Dilfuza Ismoilova uyidagi qiziqarli voqeani ham soʻzlab berdi. Uning aytishicha, avvallari uyda bir necha xizmatkorlar ishlagan. Ammo kelinlari kelgach, ular boshqacha qaror qilgan:

“Bir kuni kelinlarim 'oyijon, bir gap aytsak maylimi?' deyishdi. 'Albatta', dedim. 'Biz ishlarni oʻzimiz qilaylik, uyda yayrab, oʻynab qilamiz', deyishdi. 'Yoʻq, qoʻyinglar', desam ham koʻnishmadi. Hatto xizmatkorlar ham 'biz qilaylik', deb yigʻlab ketishgan.”

Xonanda barcha kelinlariga birdek mehr koʻrsatishini taʼkidladi:

“Sevara kelinim bilan birga uchala kelinimga ham nima qilsam, bir xil qilaman.”

Mazkur samimiy suhbat ijtimoiy tarmoqlarda iliq kutib olinib, muxlislar tomonidan yuqori baholanmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar