Berlinda oʻzbek dzyudochilari porladi: umumjamoa hisobida birinchi oʻrin...

Berlinda oʻzbek dzyudochilari porladi: umumjamoa hisobida birinchi oʻrin...
Qisqacha

Germaniyaning Berlin shahrida o‘tkazilgan o‘smirlar o‘rtasidagi xalqaro turnirda O‘zbekiston terma jamoasi 4 ta oltin, 2 ta kumush va 5 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi. Hamyurtlarimiz 35 ta davlat, jumladan, Fransiya, Ozarbayjon va Gruziya kabi dzyudo an’analari kuchli mamlakatlarni ortda qoldirib, mutloq yetakchilikni qo‘lga kiritishdi. Murabbiy Aurelian-Chiprian Flis boshchiligidagi ushbu muvaffaqiyat o‘zbek dzyudo maktabining xalqaro maydondagi nufuzi va yangi avlodning salohiyati yuqori ekanidan dalolat beradi. Mazkur g‘alaba yosh polvonlarimizning Yevropa arenalarida ham asosiy favoritga aylanib borayotganini yana bir bor isbotladi.

Germaniyaning Berlin shahrida ikki kun davomida oʻsmirlar oʻrtasidagi nufuzli xalqaro musobaqa — Berlin Millennium Team Cadet European Cup 2026 turniri boʻlib oʻtdi. Ushbu yirik startda Oʻzbekiston terma jamoasi yana bir bor oʻz kuchini namoyon qildi.

Aurelian-Chiprian Flis boshchiligidagi kadetlarimiz kuchli raqobat sharoitiga qaramay, ajoyib natija qayd etishdi. Jamoa 4 ta oltin, 2 ta kumush va 5 ta bronza medalini qoʻlga kiritib, 35 davlat orasida umumjamoa hisobida 1-oʻrinni egalladi.

Eng eʼtiborli jihati — dzyudo anʼanalari kuchli boʻlgan Fransiya, Ozarbayjon, Turkiya, Italiya, Germaniya va Gruziya kabi davlatlar ortda qoldirildi. Berlin arenasida Oʻzbekiston davlat madhiyasi 4 bor yangragani esa bu gʻalabaning qanchalik yirik ekanini koʻrsatadi.

Final bellashuvlarini Oʻzbekistonning Germaniyadagi favqulodda va muxtor elchisi Dilshod Ahatov ham bevosita kuzatib borgani ushbu musobaqaning ahamiyatini yanada oshirdi.

Eslatib oʻtish joiz, shu yil mart oyida Turkiyaning Antaliya shahrida boʻlib oʻtgan shu turnir bosqichida ham oʻsmirlarimiz 12 ta medal qoʻlga kiritgan edi. Berlinda chempion boʻlgan Charos Hikmatova oʻsha musobaqada ham oltin medal sohibasi boʻlgandi.

Albatta, bu natijalar tasodif emas. Ularning ortida murabbiylar shtabi, xususan Aurelian-Chiprian Flis rahbarligidagi tizimli ish turibdi.

Qisqacha aytganda, yangi avlod “jiddiy signal berdi” — Yevropa sahnasida ham endi ular bilan hisoblashishga toʻgʻri keladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar