date

Jikiya agenti himoyachining Antalyaspor'dagi kelajagini izohladi

Jikiya agenti himoyachining Antalyaspor'dagi kelajagini izohladi

«Antalyaspor» futbolchisi Georgiy Jikiyaning agenti Vladimir Kuzmichyov rossiyalik himoyachining kelajagi borasidagi vaziyatga to'xtaldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Agentning aytishicha, Jikiya bilan hammasi joyida va klub unda hamon katta umid qilmoqda. So'nggi uchrashuvlarda maydonga tushmagani esa mikrojaroqat bilan bog'liq bo'lgan, hozir esa futbolchi tiklanib bo'lgan va keyingi o'yinda safga qaytishi kutilmoqda.

Avvalroq OAVda turk klubi «Spartak»ning sobiq sardori bilan xayrlashmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Jikiya joriy mavsum Turkiya chempionatida 12 ta uchrashuvda qatnashib, 2 bor raqib darvozasini ishg'ol qilgan. Uning «Antalyaspor» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil o'rtalarigacha mo'ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jikiya agenti himoyachining Antalyaspor'dagi kelajagini izohladi