date

Endrik «Lion» klubida ijara muddatini uzaytirishi mumkin

Endrik «Lion» klubida ijara muddatini uzaytirishi mumkin

Braziliyalik iqtidorli hujumchi Endrik o'zining kelajagi borasida kutilmagan fikrlar bildirdi. Hozirda ijara asosida Fransiyaning "Lion" klubida to'p surayotgan futbolchi faoliyatini aynan shu jamoada davom ettirishi mumkinligini inkor etmadi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Hujumchi agar "Lion" mavsum yakunida Yevropa Chempionlar ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritsa, jamoada qolish masalasini ko'rib chiqishga tayyor. Endrik yanvar oyida Fransiyaga ko'chib o'tganidan so'ng o'zining eng yaxshi sport formasiga qaytishga muvaffaq bo'ldi.


«Agar jamoa Chempionlar ligasiga yo'llanma olsa, qolamanmi? Rostini aytsam, buni bilmayman.

Biz olti oylik ijara bo'yicha kelishganmiz, ammo "Real Madrid"ga qaytish kerak bo'lsa, mamnuniyat bilan qaytaman», — dedi braziliyalik futbolchi.


19 yoshli hujumchi Fransiya chempionatidagi dastlabki 13 ta o'yinida 10 ta golda ishtirok etib, mutaxassislar e'tiborini tortdi. Ispaniyada o'yin amaliyoti kamligidan norozi bo'lgan futbolchi uchun bu o'zgarish faoliyatini qayta tiklashga yordam berdi.

Endrik maydonda markaziy hujumchi sifatida o'ynashni afzal ko'rishini ham ta'kidladi. Uning kelajagi bo'yicha yakuniy qaror mavsum oxirida, "Lion"ning turnir jadvalidagi o'rniga qarab qabul qilinishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Endrik «Lion» klubida ijara muddatini uzaytirishi mumkin