"Marsel" murabbiyi Artetaning shogirdini zaxiraga mixlab qo'ydi

"Marsel" murabbiyi Artetaning shogirdini zaxiraga mixlab qo'ydi
Qisqacha

"Marsel" bosh murabbiyi Habib Beye "Arsenal"dan ijaraga olingan Ethan Nwanerining mashg'ulotlardagi sustkashligi va mas'uliyatsizligidan norozi ekanini bildirdi. Jamoada jarohatlar bilan bog'liq muammolar bo'lishiga qaramay, 19 yoshli futbolchi intizomi pastligi sababli "Nitsa"ga qarshi o'yinda zaxirada qoldirildi. Murabbiy faqat mashg'ulotlarda o'zini ko'rsatgan o'yinchilarga imkoniyat berishini ta'kidlab, yosh iqtidor egasini jiddiy ogohlantirdi. Agar Nwaneri o'z ustida ishlamasa, mavsumning qolgan qismini ham maydonga tushmasdan o'tkazib yuborishi mumkin.

"Marsel" bosh murabbiyi Xabib Beye "Arsenal" klubidan ijaraga olingan yarim himoyachi Etan Nvaneriga nisbatan ochiqchasiga ogohlantirish bilan chiqdi. Murabbiy 19 yoshli futbolchining kundalik mashg'ulotlardagi ishtiyoqi va mas'uliyatidan norozi ekanini bildirdi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

"Marsel" tarkibida jarohatlar bilan bog'liq jiddiy muammolar yuzaga kelganiga qaramay, Nvaneri "Nitsa"ga qarshi o'yinda zaxira o'rindig'ida qoldirildi. Beye mashg'ulot jarayonida o'zini ko'rsatgan va ko'proq mehnat qilayotgan futbolchilarga ishonch bildirishini ta'kidladi.

"Marsel" murabbiyi Artetaning shogirdini zaxiraga mixlab qo'ydi

Fransuz klubi ustozi yosh iqtidor egasidan o'z ustida ishlashni va jamoaga bo'lgan sadoqatini oshirishni talab qilmoqda. Aks holda, futbolchi mavsumning qolgan qismida ham o'yin amaliyotisiz qolib ketishi mumkin.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar