date

Huawei Enjoy 90 Pro Max Xitoyda iPhone 17 Pro modelini ortda qoldirdi

Huawei Enjoy 90 Pro Max Xitoyda iPhone 17 Pro modelini ortda qoldirdi

"Huawei" kompaniyasining "Enjoy 90 Pro Max" smartfoni 2026-yilning 16-haftasi yakunlariga ko'ra Xitoy bozorida sotuvlar hajmi bo'yicha "iPhone 17 Pro" modelidan o'zib ketdi. "RDObservation" tahliliy agentligi ma'lumotlariga ko'ra, ayni paytda Xitoy smartfon bozorida "Huawei" va "Apple" qurilmalari mutlaq ustunlik qilmoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Reytingning yuqori pog'onalarida o'zgarishlar kuzatilgan bo'lsa-da, "Huawei" kompaniyasi 23,2 foiz ulush bilan mamlakatda umumiy yetakchilikni saqlab qolmoqda. Ikkinchi o'rinni har biri 15,8 foizdan ulushga ega bo'lgan "Apple" va "Oppo" brendlari bo'lishib turibdi.

Kuchli beshlikdan "Vivo" (15 foiz), "Xiaomi" (14,2 foiz) va "Honor" (10,5 foiz) kompaniyalari joy olgan.

Joriy yilning 23 mart kuni debyut qilgan "Enjoy 90" seriyasi tarkibiga uchta model kiradi. Ushbu smartfonlar "Kirin 8000" protsessori va "HarmonyOS 6" operatsion tizimi bilan jihozlangan.

Ma'lumotlarga ko'ra, yangi turkum sotuvga chiqqan ilk kunning o'zidayoq 250 000 dona qurilma o'z xaridorini topgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Huawei Enjoy 90 Pro Max Xitoyda iPhone 17 Pro modelini ortda qoldirdi