date

Hyundai AQShga 27 200 ot kuchiga ega dvigatellar yetkazib beradi

Hyundai AQShga 27 200 ot kuchiga ega dvigatellar yetkazib beradi

"HD Hyundai Heavy Industries" kompaniyasi AQShning "Aperion Energy Group" korxonasi bilan ma'lumotlar markazlari uchun elektr energiyasi ishlab chiqarish tizimlarini yetkazib berish bo'yicha yirik shartnoma imzoladi. Kelishuvning umumiy qiymati 400 mln dollardan oshadi va uskunalar jami 684 megavatt quvvatga ega bo'ladi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Bu shartnoma kompaniya tarixidagi dvigatellar yetkazib berish bo'yicha eng yirik bitimga aylandi.

Loyiha doirasida Janubiy Koreya giganti o'zining "HiMSEN" rusumli dvigatellarini taqdim etadi. Ushbu qurilmalarning har biri taxminan 20 MVt yoki 27 200 ot kuchiga teng quvvat bilan ishlaydi.

Mazkur qadam "Hyundai" uchun yangi segment — sun'iy intellekt va bulutli xizmatlar rivojlanishi fonida talab tez o'sayotgan ma'lumotlarni qayta ishlash markazlari bozoriga kirishni anglatadi.

Kompaniyaning dvigatellar va mashinasozlik bo'limi rahbari Xan Ju Sokning so'zlariga ko'ra, ushbu shartnoma Shimoliy Amerika bozorida pozitsiyalarni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega. "Hyundai" endilikda nafaqat kemasozlik va og'ir mashinasozlik, balki raqamli infratuzilmani qo'llab-quvvatlovchi energetika yechimlari yo'nalishini ham faol rivojlantirishni rejalashtirmoqda.

"HiMSEN" dvigatellari kompaniyaning o'z ishlanmasi bo'lib, ular kema va elektr stansiyalarida keng qo'llaniladi. Ushbu to'rt taktli dvigatellar dizel, gaz yoki ularning kombinatsiyasida ishlash imkoniyatiga ega bo'lib, yuqori samaradorligi bilan ajralib turadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Hyundai AQShga 27 200 ot kuchiga ega dvigatellar yetkazib beradi