date

Robert Levandovski yozgi transfer oynasida "Barselona" tarkibini tark etadi

Robert Levandovski yozgi transfer oynasida "Barselona" tarkibini tark etadi

Polshalik hujumchi Robert Levandovski joriy mavsum yakunlangach, "Barselona" bilan xayrlashishga tayyorgarlik ko'rmoqda. Tajribali futbolchi faoliyatida yangi chorlovlarni qabul qilish maqsadida Kataloniya klubini tark etishga qaror qildi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Taniqli jurnalist Gilyem Ballaguening xabar berishicha, 36 yoshli hujumchining to'rt yillik faoliyati shu yozda yakuniga yetadi. Levandovski 2022-yildan buyon barcha musobaqalarda 120 ga yaqin gol urib, jamoaning asosiy kuchi bo'lib kelayotgan edi.


Klub rahbariyati futbolchiga shartnomani yana bir yilga uzaytirishni taklif qilgan, biroq yangi kelishuvda maoshning sezilarli darajada kamayishi va zaxira o'yinchisi roli ko'zda tutilgan edi. Bu shartlar polshalik yulduzga ma'qul kelmadi.

Hozirda Italiyaning "Yuventus" va "Milan" klublari Levandovskini erkin agent sifatida o'z safiga qo'shib olish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda. Shuningdek, AQShning "Chikago Fayr" klubi ham qiziqish bildirgan, ammo hujumchi Yevropada qolishni afzal ko'rmoqda.

"Barselona" esa uning o'rniga munosib nomzod topib ulgurgan. Kataloniyaliklar "Atletiko" hujumchisi Xulian Alvaresni sotib olishni asosiy maqsad qilib belgilagan.

Madrid klubi argentinalik futbolchi uchun 120 mln yevro talab qilmoqda.

Hozirda Xansi Flik boshchiligidagi jamoa moliyaviy muvozanatni tiklash va yangi transferlarni amalga oshirish ustida ishlamoqda. Levandovski esa 2 may kuni "Osasuna"ga qarshi o'yinda maydonga tushib, mavsumni chempionlik bilan yakunlashni ko'zlagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Robert Levandovski yozgi transfer oynasida "Barselona" tarkibini tark etadi