Al-Nasr Sadio Mane bo'yicha kelajak rejasini belgiladi

Hujumchi Sadio Mane yaqin vaqt ichida «Al-Nasr»ni tark etishi ehtimoli yuqori. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
365Scores Arabia xabariga ko'ra, Saudiya klubi senegallik futbolchiga yangi shartnoma taklif qilishni rejalashtirmoqda. Mane bilan amaldagi kelishuv esa 2027 yil 30 iyungacha mo'ljallangan.
Mane 2023 yilda «Bavariya»dan «Al-Nasr»ga 30 million yevro evaziga kelib qo'shilgandi. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 17 o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma berdi. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 7 million yevroga baholamoqda.
Hozirda «Al-Nasr» Saudiya Arabistoni chempionati turnir jadvalida 37 ochko bilan uchinchi o'rinni egallab turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing