date

Redmi kompaniyasi ilk bor 50 yevrolik Headphones Neo simsiz quloqchinlarini taqdim etdi

Redmi kompaniyasi ilk bor 50 yevrolik Headphones Neo simsiz quloqchinlarini taqdim etdi

"Xiaomi" kompaniyasi audioaksessuarlar bozorida yangi yo'nalishni o'zlashtirishga kirishdi. Germaniyaning "WinFuture" nashri xabariga ko'ra, brend o'zining ilk to'liq o'lchamli ustki simsiz quloqchinlari — "Redmi Headphones Neo" modelini ishlab chiqarishga tayyorlanmoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Shu vaqtga qadar kompaniya assortimentida faqat kichik o'lchamli va TWS turidagi quloqchinlar mavjud edi.


Yangi qurilma titan membranali 40 millimetrli dinamiklar bilan jihozlanadi. Ovoz chastotasi diapazoni 20 Gts dan 40 kGts gacha bo'lishi kutilmoqda.

Shuningdek, quloqchinlarda sun'iy intellekt yordamida ovozni qayta ishlovchi uchta mikrofon va tashqi shovqinni 42 detsibellgacha kamaytira oladigan faol shovqinni yutish tizimi o'rnatiladi.

"Redmi Headphones Neo" modeli "Bluetooth 5.4" texnologiyasi asosida ishlaydi va bir vaqtning o'zida ikkita qurilmaga ulanish imkoniyatiga ega bo'ladi. Foydalanuvchilar quloqchinni simli usulda ham ishlatishlari mumkin, buning uchun 3,5 mm li audio konnektor va USB-C porti ko'zda tutilgan.

Qurilmaning 500 mA/soat sig'imli akkumulyatori shovqinni yutish tizimi o'chiq holatda 72 soatgacha avtonom ishlashni ta'minlaydi. Batareyani to'liq quvvatlash uchun 2 soat vaqt sarflanadi.

Og'irligi 410 gramm bo'lgan korpus IP54 standarti bo'yicha himoyalangan. Dastlab qora va oq ranglarda sotuvga chiqadigan modelning narxi taxminan 50 yevroni tashkil etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Redmi kompaniyasi ilk bor 50 yevrolik Headphones Neo simsiz quloqchinlarini taqdim etdi