Germaniyada binolarga moslashuvchi ShadeCut quyosh panellari namoyish etildi

Germaniyaning Fraunhofer ISE instituti mutaxassislari binolar dizayniga to‘liq moslashuvchi ShadeCut quyosh panellarini taqdim etdi. Ushbu texnologiya yordamida panellar yuzasiga g‘isht yoki cherepitsa ko‘rinishidagi tasvirlarni tushirish imkoniyati yaratildi. MorphoColor tizimiga asoslangan ushbu modullar estetik ko‘rinishga ega bo‘lish bilan birga, oddiy panellarning 95 foiz quvvatini saqlab qoladi. Yangi ishlanma, ayniqsa, tarixiy binolar va zamonaviy fasadlar uchun samarali yechim bo‘lishi kutilmoqda.
Germaniyaning Fraunhofer quyosh energetikasi tizimlari instituti (Fraunhofer ISE) mutaxassislari ShadeCut texnologiyasini taqdim etdi. Ushbu ishlanma quyosh panellarini alohida texnik uskuna emas, balki binoning ajralmas qismi sifatida ko'rinishiga imkon beradi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Yangi usul yordamida quyosh modullari yuzasiga murakkab vizual tasvirlar, jumladan, g'ishtli terim yoki cherepitsa ko'rinishini tushirish mumkin. Bunda panellarning energiya samaradorligi yuqori darajada saqlanib qoladi.
ShadeCut texnologiyasi yorug'likni boshqaruvchi mikrostrukturalarga asoslangan MorphoColor tizimi yordamida ishlaydi. Ishlab chiquvchilarning so'zlariga ko'ra, bunday panellar oddiy modullarga nisbatan 95 foiz quvvatni saqlab qoladi.
Ushbu texnologiya ayniqsa tarixiy binolar, fasadlar va tomlar uchun juda mos keladi. Estetik ko'rinish muhim bo'lgan loyihalarda ShadeCut panellari binoning umumiy dizayniga to'liq moslashib ketadi.






























Izohlar 0
…