date

Frayburg Dortmundda yirik 4:0 hisobida mag'lubiyatga uchradi

Frayburg Dortmundda yirik 4:0 hisobida mag'lubiyatga uchradi

Germaniya Bundesligasining navbatdagi turida "Borussiya Dortmund" o'z maydonida "Frayburg" jamoasini qabul qildi. Uchrashuv mezbonlarning to'liq ustunligida o'tib, 4:0 hisobidagi yirik g'alaba bilan yakunlandi.

O'yinning 8-daqiqasida Bayer hisobni ochgan bo'lsa, oradan ko'p o'tmay Girasi farqni oshirdi. Birinchi bo'lim yakunlanmasdan Bennebaini uchinchi golni urib, o'yin taqdirini deyarli hal qildi.

Uchrashuv yakunida Silva yakuniy nuqtani qo'ydi.

Statistik ma'lumotlarga ko'ra, dortmundliklar to'pga egalik qilish bo'yicha 60 foizlik ko'rsatkich qayd etishdi. Mezbonlar raqib darvozasi tomon 16 marotaba zarba yo'llagan bo'lsa, mehmonlar bor-yo'g'i 8 ta urinish bilan cheklanishdi.

"Borussiya Dortmund" futbolchilari o'yin davomida 526 ta pas uzatib, ularning 89 foizini aniq amalga oshirishdi. "Frayburg" esa burchak to'plari va aniq zarbalar borasida raqibiga jiddiy qarshilik ko'rsata olmadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Frayburg Dortmundda yirik 4:0 hisobida mag'lubiyatga uchradi