SpaceX kompaniyasi 25 ta Starlink sun'iy yo'ldoshini orbitaga muvaffaqiyatli chiqardi

SpaceX kompaniyasi Kaliforniyadagi Vandenberg bazasidan Falcon 9 raketasi orqali 25 ta Starlink sun'iy yo'ldoshini orbitaga muvaffaqiyatli olib chiqdi. Missiya yakunida barcha apparatlar belgilangan nuqtalarga joylashtirildi va raketaning ko‘p marotaba ishlatiladigan birinchi pog'onasi Tinch okeanidagi platformaga xavfsiz qo'ndi. Mazkur parvozda 15-marta foydalanilgan texnik vositalar kompaniyaning qayta foydalanish texnologiyasi samaradorligini yana bir bor isbotladi.
SpaceX kompaniyasi 2026 yil 26 aprel kuni Kaliforniyadagi Vandenberg bazasidan Falcon 9 FT Block-5 raketasini muvaffaqiyatli parvoz qildirdi. Start Toshkent vaqti bilan soat 19:37 da SLC-4E maydonchasidan amalga oshirildi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Raketa Yer yaqinidagi orbitaga Starlink-17.16 turkumidagi 25 ta sun'iy yo'ldoshni olib chiqdi. Parvoz muvaffaqiyatli yakunlanib, barcha kosmik apparatlar belgilangan orbital pozitsiyalarga joylashtirildi.

Ushbu missiyada B1088 raqamli birinchi pog'onadan 15-marta foydalanildi. Ikkinchi pog'onadan ajralganidan so'ng, u Tinch okeani akvatoriyasidagi OCISLY dengiz platformasiga xavfsiz tarzda qo'ndi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Boyqo'ng'ir kosmodromidan Rossiyaning «Progress MS-34» yuk kemasi ham koinotga muvaffaqiyatli uchirilgan edi.
































Izohlar 0
…