date

Al-Hilol muxlislari Teo Ernandesning formasidan norozi bo'ldi

Al-Hilol muxlislari Teo Ernandesning formasidan norozi bo'ldi

Fransuz himoyachisi Teo Ernandes "Milan"ni tark etib, Saudiya Arabistoniga yo'l oldi. Biroq yangi jamoasida u kutilgan darajada taassurot qoldira olmayapti, shu bois hozirda u to'p surayotgan "Al-Hilol" muxlislari futbolchining o'yinidan norozilik bildirmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Yaqinda Ernandes navbatdagi mag'lubiyatdan so'ng ijtimoiy tarmoqlarda muxlislardan uzr so'radi. Ammo javob tariqasida kommentariyalarda uning manziliga keskin tanqidlar yog'ildi.

Fikr bildirganlar Teoning uzr so'rashlari "zerikarli" bo'lib qolganini, u semirib ketgani va avvalgidek yugurmay qo'ygani haqida yozishdi. Ayrim muxlislar esa himoyachi maydonda shunchaki "raqamini o'tab yurgani"ni, buni hatto Saudiya chempionatida ham payqash qiyin emasligini ta'kidladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Al-Hilol muxlislari Teo Ernandesning formasidan norozi bo'ldi