date

"Bavariya" xodimi Ketlin Kryuger "Gamburg" klubining sport direktori bo'lishi mumkin

"Bavariya" xodimi Ketlin Kryuger "Gamburg" klubining sport direktori bo'lishi mumkin

"Bavariya" klubining tashkiliy va infratuzilma bo'limi rahbari Ketlin Kryuger "Gamburg" sport direktori lavozimiga asosiy nomzodlardan biri hisoblanadi. Bu haqda Sport Bild va Hamburger Abendblatt nashrlari xabar bermoqda. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Sport Bild ma'lumotlariga ko'ra, Kryuger ushbu lavozimni egallash uchun eng yaxshi imkoniyatga ega. Hamburger Abendblatt esa uning tez orada ommaga tanishtirilishini ta'kidlamoqda.

"Gamburg" klubi Stefan Kuntsning ketishidan so'ng o'ziga yangi sport direktori qidirmoqda.

Klub bu jarayon uchun maxsus agentlik yollagan va ular Kryuger bilan bog'lanishgan. 40 yoshli sobiq futbolchi dastlab qisqa ro'yxatga kiritilgan, keyin esa yakuniy ro'yxatdan joy olgan.

Boshqa nomzodlar qatorida Sebastyan Kel va Klaus Kosta ham bor edi.

Ketlin Kryuger 22 yildan beri "Bavariya" tizimida faoliyat yuritadi. U 2004-2009-yillarda klub safida to'p surgan, so'ngra sport direktori yordamchisi va jamoa menejeri bo'lib ishlagan.

2024-yilda u tashkiliy va infratuzilma bo'limi rahbari etib tayinlangan. Agar u "Gamburg"ga o'tsa, Bundesligada bunday lavozimni egallagan birinchi ayolga aylanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » "Bavariya" xodimi Ketlin Kryuger "Gamburg" klubining sport direktori bo'lishi mumkin