Saha "Manchester Yunayted"ga "Chelsi" yarim himoyachisi Ensoni sotib olishni taklif qildi

"Manchester United" yozgi transferlar oynasida "Chelsea" yarim himoyachisi Enzo Fernandezni sotib olishni o'ylamoqda. Sobiq futbolchi Louis Saha bu transferni amalga oshirishni tavsiya etdi, chunki Fernandezning Londondagi kelajagi noaniq. U "Real Madrid"ga o'tishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgach, "Chelsea"da ikki o'yinda ro'yxatga kiritilmadi. Saha, Fernandezning o'yin uslubini yuqori baholagan holda, uni "Manchester United" uchun ajoyib imkoniyat deb atadi.
"Manchester Yunayted" yozgi transferlar oynasida "Chelsi" yarim himoyachisi Enzo Fernandesni o'z safiga qo'shib olishi mumkin. Jamoaning sobiq hujumchisi Lui Saha klubga ushbu transferni amalga oshirishni maslahat berdi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Argentinalik futbolchining Londondagi kelajagi so'roq ostida qolmoqda. U "Real Madrid"ga o'tishi mumkinligi haqidagi fikrlaridan so'ng, "Chelsi"ning ikkita o'yinida qaydnomaga kiritilmadi.
Hozirda uning holatini "PSJ" kabi yirik klublar ham kuzatib bormoqda.
Lui Saha Fernandesning qobiliyatlarini yuqori baholadi. Uning ta'kidlashicha, Enzo to'p bilan xotirjam harakat qiladi va o'yinni ochish qobiliyatiga ega.
Saha bu transferni "Manchester Yunayted" uchun ajoyib imkoniyat deb hisoblaydi.
Yozda "Manchester Yunayted" yarim himoya chizig'ida jiddiy o'zgarishlar qilishi kutilmoqda. Kazemiro mavsum oxirida jamoani tark etadi, Manuel Ugarte ham ketishi mumkin.
Klub shuningdek, Adam Uorton, Karlos Baleba va Bruno Gimaraes kabi futbolchilarni ham kuzatmoqda.































Izohlar 0
…