Prezident maslahatchisi etib G‘iyosiddin Rejabov tayinlandi

O‘zbekistonda yana bir muhim lavozimiy tayinlov amalga oshirildi. G‘iyosiddin Rejabov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining madaniyat bo‘yicha vakili lavozimiga tayinlandi. Bu haqda davlat rahbarining tegishli farmoni imzolandi.
Ma’lum qilinishicha, u yangi lavozimga o‘tishi munosabati bilan Prezident Administratsiyasida faoliyat yuritib kelgan avvalgi lavozimidan ozod etilgan. Xususan, u Kreativ iqtisodiyot va turizm yo‘nalishidagi departamentda sho’ba mudiri sifatida ishlab kelayotgan edi.
Mutasaddilar fikricha, mazkur tayinlov mamlakatda madaniyat sohasini rivojlantirish, ijodiy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va milliy merosni asrab-avaylash yo‘lidagi ishlarni yanada jadallashtirishga xizmat qiladi.
Qayd etilishicha, yangi vakil zimmasiga madaniyat sohasidagi islohotlarni muvofiqlashtirish, davlat siyosatini amalga oshirish va ushbu yo‘nalishda yangi tashabbuslarni ilgari surish kabi muhim vazifalar yuklatilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!