Al-Nasr Ronalduni almashtirmoqchi, ikki nomzod tilga olindi

Krishtianu Ronaldu klub boshqaruvidan norozi ekanini ochiq namoyon qildi: portugaliyalik yulduz «Al-Nasr»ning ketma-ket ikki uchrashuvida maydonga tushmadi. Manbalarga ko'ra, saudiyaliklar 41 yoshli hujumchini qo'yib yuborishga tayyor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shu bilan birga, Saudiya Arabistoni chempionatida Ronalduning o'rnini boshqa global darajadagi yulduz bilan to'ldirish niyati bor. Asosiy nishon — «Liverpul» vingeri Muhammad Saloh, muqobil variant sifatida esa «Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Brunu Fernandesh ko'rib chiqilmoqda. Bu haqda Transfer News Live nashri The i Paper'ga tayanib xabar berdi.
Avvalroq ham 33 yoshli Saloh va 31 yoshli Fernandesh Saudiya klublari bilan bog'langan edi. Transfermarkt bahosiga ko'ra, Salohning narxi 30 mln yevro, Fernandeshniki esa 40 mln yevro atrofida.
Hozirda «Al-Nasr» Saudiya Pro-ligasi turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!