CSKA sobiq futbolchisi Chalovning yangi klubiga ketishini baholadi

Moskvadagi CSKA sobiq futbolchisi Vasiliy Ivanov rossiyalik markaziy hujumchi Fyodor Chalovning qishki transferi yuzasidan fikr bildirdi. U futbolchining Turkiyaning "Kayserispor" jamoasiga yo'l olishini ijobiy baholadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ivanovning ta'kidlashicha, Chalov Turkiyada o'zining eng kuchli jihatlarini namoyish etishi kerak. Ekspert fikricha, yangi muhit va yangi klub hujumchiga qo'shimcha ruhiy turtki beradi hamda u asosiy tarkibda o'ynashga munosibligini isbotlashni istayapti.
Eslatib o'tamiz, "Kayserispor" Chalovni PAOKdan joriy mavsum yakuniga qadar ijaraga olgan.
Yunoniston klubida Chalov 64 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 8 ta assist qayd etdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing