Barselona hujumchi izlamoqda: Julian Alvarez o‘rniga Joao Pedro varianti

Barselona klubi yozgi transfer oynasida tarkibni kuchaytirish maqsadida hujum chizig‘iga yangi futbolchi qidirmoqda. Dastlab Atletiko Madrid hujumchisi Julian Alvarez asosiy nishon sifatida ko‘rilgan bo‘lsa-da, kataloniyaliklar ushbu transfer murakkabligini inobatga olib, muqobil variantlarni ko‘rib chiqishga qaror qilishdi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Ispaniyaning Mundo Deportivo va Sport nashrlari xabariga ko‘ra, Barselona sport direktori Deku Chelsi hujumchisi Joao Pedro nomzodiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Klub rahbariyati ushbu futbolchini Julian Alvarezga nisbatan ancha arzonroq va qulayroq variant deb hisoblamoqda.
Biroq, bu transfer oson kechmasligi aniq. Britaniyaning Daily Mail nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Chelsi o‘zining yetakchi to‘purarini qo‘yib yuborish niyatida emas. Londonliklar futbolchi uchun 100 million yevro atrofida mablag‘ talab qilmoqda, Barselona esa 70 million yevro atrofidagi taklif bilan cheklanmoqchi.
Vaziyatni o‘rganish va muzokaralarni boshlash uchun Deku Londonga yetib keldi. U Chelsi rahbariyati bilan uchrashib, transfer shartlari bo‘yicha aniqroq ma’lumot olishni rejalashtirgan. Hozircha tomonlar o‘rtasidagi moliyaviy tafovut bitimga erishishda asosiy to‘siq bo‘lib turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!