Jonatan Ta yetakchilikda asosiysi namuna ko'rsatish dedi

"Bavariya" himoyachisi Jonatan Ta jamoada yetakchi bo'lish nima ekanini izohlab berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ta'kidlashicha, yetakchilikning mohiyati baland ovozda buyruq berish yoki kimnidir koyish emas, balki maydonda shaxsiy namuna bilan ortdan ergashtirishdir. Uning aytishicha, avvalo u o'z vazifalarini sifatli bajarishi, markaziy himoyadagi sheriklariga ko'rsatma berib yordam berishi kerak. Keyin bu qo'llab-quvvatlash qanot himoyachilariga, oxir-oqibat esa butun jamoaga tarqaladi. Eng muhimi, konstruktiv bo'lish, deya fikrini nemis Sky nashri keltirdi.
Jonatan Ta "Bavariya" safida jami 34 ta uchrashuv o'tkazib, 3 ta gol va 3 ta golli uzatma muallifi bo'lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing