OAV Barselonaning transferlar bo‘yicha katta qarzini eslatdi

«Barselona» transferlar bo‘yicha to‘lovlarini hanuz to‘liq yopmagan. Transfer News Live xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar tuzgan bitimlar bo‘yicha umumiy qarzdorlik qariyb 138 mln funt sterlingni (taxminan 158,88 mln yevro) tashkil etadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko‘ra, «ko‘k-anorranglilar» ayrim futbolchilar transferi uchun sobiq klublari bilan hali ham to‘liq hisob-kitob qilmagan.
Rafinya bo‘yicha «Lids» oldidagi qarz taxminan 42 mln yevro atrofida.
Jyul Kunde transferi uchun «Sevilya»ga qariyb 25,3 mln yevro to‘lanishi kerak.
Dani Olmo bo‘yicha «RB Leyptsig» oldida taxminan 17,8 mln yevro majburiyat qolgan.
Ferran Torres transferi uchun «Manchester Siti»ga qariyb 13,82 mln yevro berilishi lozim.
Robert Levandovski bo‘yicha esa «Bavariya» oldidagi qarz miqdori taxminan 9,8 mln yevroni tashkil etadi.
Qayd etilishicha, bu ro‘yxat yakuniy emas va boshqa bitimlar ham bor.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!