date

PD-8 aviadvigateli barcha sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tdi

PD-8 aviadvigateli barcha sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tdi

Rossiyaning «Birlashgan dvigatelsozlik korporatsiyasi» (Rostex tarkibiga kiradi) SJ-100 samolyotlari uchun mo‘ljallangan PD-8 aviadvigatelining sertifikatsiya sinovlari yakunlanganini e’lon qildi. Endilikda dvigatelni SJ-100 samolyotlarida to‘liq ekspluatatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan tur sertifikatini olish bosqichi boshlanadi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Sinovlar davomida PD-8 dvigateli 6500 soatdan ortiq ishladi. Tekshiruvlar ham stendlarda, ham bevosita SJ-100 samolyoti tarkibida o‘tkazildi. Dvigatel Arxangelsk viloyatidagi ekstremal ob-havo sharoitlarida, xususan, muzlash holatlarida ham sinab ko‘rildi.

Dvigatel qushlar, suv va do‘l bilan to‘qnashuvlar, shuningdek, ventilyator parragining shikastlanishi kabi og‘ir sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tdi. Bundan tashqari, 150 soatlik resurs sinovlari o‘tkazilib, dvigatelning chidamliligi tekshirildi.

PD-8 ni ishlab chiqishda 25 ta muhim texnologiya qo‘llanilgan bo‘lib, ulardan 17 tasi sanoat uchun mutlaqo yangi hisoblanadi. «ODK-Saturn» mutaxassislari ekstremal yuklamalardan so‘ng dvigatelni qismlarga ajratib, har bir detalning holatini tahlil qilishdi va olingan natijalar sertifikatsiya uchun asos bo‘lib xizmat qildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » PD-8 aviadvigateli barcha sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tdi