date

Denis Makarov jarohat sabab noma’lum muddatga safdan chiqdi

Denis Makarov jarohat sabab noma’lum muddatga safdan chiqdi

Turkiyaning "Kayserispor" klubida to‘p surayotgan rossiyalik yarim himoyachi Denis Makarov jarohat olib, noma’lum muddatga maydonga tusha olmaydi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Tekshiruvlar davomida futbolchining o‘ng sonining yuqori qismida joylashgan mushaklar guruhida yengil shikastlanish hamda shish aniqlangani ma’lum qilindi. Hozirda Makarov davolanishni davom ettirmoqda.

Makarov "Kayserispor" safidagi ilk o‘yinini 3 fevral kuni "Galatasaray"ga qarshi uchrashuvda o‘tkazgandi. Bellashuv 0:4 hisobida yakunlangan, uning jamoasi turnir jadvalida 17-o‘rinda bormoqda va ligada qolish uchun kurashmoqda. Avvalroq yarim himoyachi Moskvaning "Dinamo" klubida o‘ynagan va jamoani erkin agent sifatida tark etgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Denis Makarov jarohat sabab noma’lum muddatga safdan chiqdi