date

Tarixdagi eng yirik IPO boʻlishi kutilmoqda: SpaceX birjaga chiqmoqda

Tarixdagi eng yirik IPO boʻlishi kutilmoqda: SpaceX birjaga chiqmoqda

Elon Musk asos solgan SpaceX kompaniyasi aksiyalarni birlamchi ommaviy joylashtirish (IPO) uchun AQSH Qimmatli qogʻozlar va birjalar komissiyasiga rasmiy hujjatlarni taqdim etdi. Tahlilchilarning prognozlariga koʻra, kompaniya taxminan 1,75 trillion dollarga baholanishi mumkin. Bu SpaceXʻni dunyodagi eng qimmat ommaviy korporatsiyalardan biriga va Teslaʻdan keyin Musk imperiyasidagi ikkinchi trillion dollarlik aktivga aylantiradi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, yirik investorlar uchun taqdimotlar 4-iyundan boshlanadi, aksiyalarning birjadagi savdolari esa 11–12-iyun kunlariga rejalashtirilgan. Qimmatli qogʻozlar Nasdaq birjasida SPCX tikeri ostida joylashtiriladi. Jarayonda Uoll-stritning Goldman Sachs, Morgan Stanley va JPMorgan Chase kabi gigant banklari ishtirok etmoqda. Muhim jihati shundaki, ikki toifali aksiyalar tizimi tufayli Elon Musk kompaniya ustidan 85 foizlik nazoratni oʻzida saqlab qoladi.

Hujjatlar SpaceX shunchaki raketa ishlab chiqaruvchi emas, balki Starlink sunʼiy yoʻldosh interneti orqali ulkan daromad koʻrayotgan texnologik gigantga aylanganini koʻrsatmoqda. Hozirda orbitada 10 mingga yaqin sunʼiy yoʻldosh mavjud boʻlib, kompaniyaning 2025-yildagi daromadi 18,7 milliard dollarga yetgan. Shuningdek, kompaniya 100 teravatt quvvatga ega koinot maʼlumotlar markazlarini (data-center) yaratish kabi ambitsiyali loyihalarni rejalashtirmoqda.

SpaceX oʻz xizmatlarini Muskning xAI sunʼiy intellekt kompaniyasi bilan integratsiya qilishni maqsad qilgan. Sunʼiy intellekt (AI) kelajakdagi oʻsishning asosiy drayveri sifatida koʻrilmoqda. Shu bilan birga, Starship raketasining yangi sinovlari kompaniyaning uzoq muddatli qiymatiga bevosita taʼsir qiladi. Agar ushbu IPO muvaffaqiyatli oʻtsa, bu OpenAI va Anthropic kabi boshqa yirik AI startaplarining ham birjaga chiqishiga turtki boʻlishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Tarixdagi eng yirik IPO boʻlishi kutilmoqda: SpaceX birjaga chiqmoqda