date

Mbappe La Ligada ketma-ket olti o'yinda gol urdi

Mbappe La Ligada ketma-ket olti o'yinda gol urdi

Ispaniya chempionatining navbatdagi turida Madridning «Real» jamoasi mamlakat janubida, Valensiyada «yarasalar»ga qarshi bahsda ikkinchi bo'limda ikki bor aniq zarba yo'llab, javobsiz g'alabaga erishdi. Uchrashuvdagi ikkinchi gol muallifi Kilian Mbappe bo'ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Shu tariqa fransuz hujumchisi La Ligadagi golli seriyasini ketma-ket olti o'yinga yetkazdi. Bu seriya 14 dekabr kuni «Alaves» darvozasini ishg'ol qilganidan so'ng boshlangan va hozircha to'xtagani yo'q.

Mbappening ushbu ko'rsatkichi ayni paytda Yevropaning besh kuchli chempionati orasida eng yaxshi amaldagi natija bo'lib turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Mbappe La Ligada ketma-ket olti o'yinda gol urdi