Lechche Udineze ustidan so'nggi daqiqada g'alaba tortib oldi

Italiya A seriyasining 24-turi doirasida “Lechche” o'z maydonida “Udineze”ni qabul qilib, keskin o'yinda 2:1 hisobida zafar quchdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvning 5-daqiqasida Yesper Karlstrem yo'l qo'ygan xatodan so'ng Omri Gandelman hisobni ochdi — 1:0. 26-daqiqada esa Umar Sole penaltidan aniq zarba yo'llab, darvozabonni aldadi va muvozanatni tikladi — 1:1.
O'yin oxirlariga kelib “Lechche” g'alaba izlashda davom etdi: Konan N'Dri uzoq masofadan yo'llagan zarbada biroz aniqlik yetishmadi. Biroq 90-daqiqada Lamek Banda jarima zarbasidan to'pni aniq burchakka joylab, jamoasiga uch ochkoni taqdim etdi — 2:1.
Ushbu g'alaba “Lechche”ning g'alabasiz seriyasiga nuqta qo'ydi va jamoa quyi ligaga tushib ketish zonasidan 3 ochkoga uzoqlashdi. “Udineze” esa turnir jadvalida 8-o'rinni bo'lishib turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!