Tecno Megabook S16 noutbuki sotuvga chiqdi

1 daqiqa o'qish424
Tecno Megabook S16 noutbuki sotuvga chiqdi

Tecno brendi Rossiya bozorida yangi Megabook S16 noutbukini sotuvga chiqarganini e'lon qildi. Kompaniya vakillarining ta'kidlashicha, ushbu qurilma mobillik va yuqori unumdorlikni qadrlaydigan mutaxassislar hamda ijodkorlar uchun mo‘ljallangan yengil va quvvatli yechim hisoblanadi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Noutbuk korpusi magniy-alyuminiy qotishmasidan tayyorlangan bo‘lib, 16 dyuymli ekranga ega bo‘lishiga qaramay, uning og‘irligi atigi 1299 grammni, qalinligi esa 14,9 millimetrni tashkil etadi. Displey 1920x1200 pikselli FHD ruxsatiga va 16:10 nisbatiga ega.

Qurilma Intel Core i9-13900HK protsessori, 16 GB LPDDR5 operativ xotira va 1 TB hajmli PCIe 3.0 SSD bilan jihozlangan. 75 Vt·soat sig‘imli akkumulyator uzoq vaqt ishlash imkonini beradi. Shuningdek, noutbukda DTS:X Ultra texnologiyasiga ega dinamiklar, yoritiladigan klaviatura va barmoq izi skaneri mavjud.

Tecno AI «Yordamchi» funksiyasi yig‘ilishlar mazmunini avtomatik tarzda qisqacha bayon qilib beradi, «Galereya» sun'iy intellekti esa smartfondagi suratlarni sinxronlashtiradi. Tecno «PC Manager» ilovasi esa fayllarni tezkor uzatish va umumiy buferdan foydalanish imkonini yaratadi. Noutbukning narxi 96 ming rublni tashkil etadi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?