date

Granero Arbeloadan mamnun, muhim poydevor allaqachon qoʻyilgan

Granero Arbeloadan mamnun, muhim poydevor allaqachon qoʻyilgan

Bir paytlar “Real” safida toʻp surgan Esteban Granero madridliklar bosh murabbiyi Alvaro Arbeloaning hozirgi ish faoliyati haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Graneroning aytishicha, Arbeloa uzoq muddatli reja zarurligini yaxshi tushunadi va bu rejaning asosi sadoqat, mustahkamlik hamda tinimsiz mehnatdan iborat. U jamoada ijobiy energiya kuchli ekanini ham alohida taʼkidladi.

“Uning oldida hali quradigan ishlar koʻp, ammo menimcha, eng muhim narsalarni u allaqachon amalga oshirib boʻldi”, — deya Graneroning soʻzlarini DAZN keltirdi.

Eslatib oʻtamiz, Arbeloa yanvar oyida “Real” boshqaruvini Xabi Alonsodan qabul qilib olgandi. 43 yoshli mutaxassis qoʻl ostida “qirollik klubi” barcha musobaqalarda 7 oʻyinning 5 tasida gʻalaba qozondi.

Hozirda Madrid jamoasi La Liga turnir jadvalida ikkinchi oʻrinda bormoqda va yetakchi “Barselona”dan atigi bir ochko ortda qolmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Granero Arbeloadan mamnun, muhim poydevor allaqachon qoʻyilgan